O'zA yangiliklari
O‘zA - Texnologiyalar


  • Axborot texnologiyalari haftaligi: strategiya va rivojlanish

    Mamlakatimizda har yili sentabr oyining oxirida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – INFOCOM” bo‘lib o‘tadi.



  • Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.



  • Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari

    Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etishga bag‘ishlangan seminar boshlandi.



  • Internet-festivalga marhamat!

    Mamlakatimizda 5 avgust kuni UZ-2010 milliy domeni internet-festivali boshlandi. Tadbir «O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi» jamg‘armasi, «Kelajak ovozi» yoshlar tashabbuslari markazi, “UZINFOCOM” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi hamda “Mirada Softwarye” kompaniyasi tomonidan tashkil etildi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi festivalning rasmiy ko‘makchilari hisoblanadi.



  • Hamkorlik ko‘lami kengaymoqda

    O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida davlat boshqaruviga axborot texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Janubiy Koreya seminari bo‘lib o‘tdi.



  • Telefon tarmog‘i taraqqiyoti

    2010 yilning birinchi yarmida mamlakatimizdagi qishloq vrachlik punktlarining 1046 tasi GSM va CDMA standartlaridagi aloqa vositalari bilan ta’minlandi.



  • Taraqqiyot ko‘zgusi

    Inson hamisha o‘zi yashab turgan joydan uzoqdagi voqea-hodisalardan ogoh bo‘lish istagi bilan yashagan. Bunday kechinmalar xalqimiz yaratgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlarda, mumtoz badiiy asarlarimizda ham o‘z ifodasini topgan. Ajdodlarimizning ana shunday teran tafakkuri, boy dunyoqarashi mahsuli sifatida bugungi ilg‘or axborot texnologiyalari, jumladan, televideniye yuzaga kelgan.



  • Raqamli televideniye rivojlanmoqda

    Yangi texnologiyalarning joriy etilishi natijasida telekommunikatsiyalarning jadal sur’atda rivojlanib borayotgani an’anaviy televizion ko‘rsatuvlardan yangi, yanada sifatli bo‘lgan yerusti raqamli efir teleko‘rsatuvlariga o‘tish imkoniyatini yaratdi. O‘zbekiston MDHda birinchilardan bo‘lib raqamli televideniyeni joriy etmoqda.



  • Zamonaviy axborot texnologiyalari – har bir oilaga

    Bugun mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilmayotgan birorta ham soha yo‘q. Hayotimizning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa jabhalarida milliy salohiyatni yanada oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni jadallashtirish jarayonida ularni keng miqyosda o‘zlashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.



  • Radiochastotalardan foydalanish ko‘lami kengaymoqda

    Toshkentda MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari uchun “Radiochastota spektri va yo‘ldoshli orbitalardan foydalanishni xalqaro miqyosda boshqarish” mavzuida qo‘shma seminar boshlandi. Tadbir O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.