|
O'zAAA yangiliklari |
|
O`zAAA yangiliklari
|
O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
|
-
Yurtimiz Mustaqilligining 19 yilligiga
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Vatanimiz ozodligi uchun kurashgan, yurt erki yo`lida jon fido qilgan ota-bobolarimizning nomlarini tiklash, xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini o`rganish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi va bu ezgu ish davom etmoqda.
-
Bir guruh aloqa sohasi hodimlari mukofotlandilar
Mamlakatimizning gullab-yashnashi va ravnaqi yo`lida aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari ham sidqidildan mehnat qilib kelishmoqdalar.
-
Navoiyda raqamli TV-tyunerlarni ishlab chiqarish zavodi ishga tushdi
2010 yil 28 avgust kuni O`zbekiston Mustaqillik kuni arafasida, `Navoiy` erkin sanoat-iqtisodiy makonida raqamli televizion qabul qilgichlarni ishlab chiqaruvi yangi zavod ishga tushdi.
-
“TURON” axborot-kutubxona markazi o'z faoliyatini yangi binoda boshladi
2010 yilning 28 avgust kuni Toshkent viloyati `TURON` axborot-kutubxona markazi yangi manzilda foydalanuvchilari uchun eshiklarini ochdi. Markazi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining `Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta`minlashni tashkil qilish to`g`risida`gi qarori asosida Toshkent viloyati ilmiy universal kutubxonasining negizida tashkil etilgan.
-
Prezident Farmoni bilan aloqa sohasi xodimlari mukofotlar bilan taqdirlandi
O`zbekiston Prezidentining 2010 yil 25 avgustdagi `O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 19-yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning bir guruh davlat xodimlari va ishchilarini taqdirlash to`g`risida`gi Qaroriga muvofiq aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
-
Aloqachilar hasharda
O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 19 yilligini nishonlashga tayorgarlik ko`rish doirasida yurtimiz bo`ylab umumxalq hayriya xashari o`tkazilmoqda. Aloqa va axborotlashtirish sohasi xodimlari poytaxtimizning gullab-yashnashiga o`zlarining munosib hissalarini qo`shish maqsadida shu yilning 14-15 avgust kunlari keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
-
Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‘ilishi
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot faoliyati va ma`lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo`yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
-
2010 yil birinchi yarim yilligida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi faoliyat yakunlari e'lon qilindi
2010 yil 21 iyulda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida O`zAAA Hay`ati yig`ilishi bo`lib o`tdi va unda 2010 yil birinchi yarim yilligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi yakunlari e`lon qilindi.
-
Kompyuter savodxonligi mashg'ulotlari davom etmoqda
Davr shiddat bilan rivojlanmoqda. Biror-bir soha yo`qki, u yerga axborot texnologiyalari va vositalari kirib bormayotgan bo`lsa. Bu esa zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o`zlashtirishdek muhim vazifani izchil amalga oshirishni taqozo etyapti.
-
Interfaol davlat xizmatlari reestrini olib borish to'g'risidagi Nizom tasdiqlandi
O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2010 yil 14 iyuldagi buyrug`iga binoan idoralarning axborot tizimlari yordamida telekommunikatsiya tarmoqlari orqali jismoniy va yuridik shaxslarga interfaol davlat xizmatlarini ko`rsatuvchi davlat organlari uchun mo`ljallangan `Interfaol davlat xizmatlari reestrini olib borish to`g`risida`gi Nizomi kuchga kiritildi.
|