| Moddiy texnik baza |
|
|
|
| Автор: Hayrulla Melibayev | |
| 24.05.2010 05:39 | |
|
Markazga 19 ta zamonaviy kompyuterlar, 3 ta server, skaner, nusxa ko'chirish apparati, rizograf, multimediya proyektori, laminator, veb-kameralar, printerlar, “O'qituvchi 60” dasturi va lektor ( elektron doska ) o'rnatilgan bo'lib, ular universitet professor -o'qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalarini o'quv va ilmiy jarayonga qo'llashga, malaka hosil etishida xamda ularni hayotga joriy qilishda xizmat qilmoqda.Universitet faoliyati bilan bog'liq huquqiy meyoriy hujjatlar bilan ishlashda markazdagi O'zbekiston Respublikasi davlat patent idorasida 01.11.1999 yili ro'yxatdan o'tkazilgan “Norma” axborot qidiruv tizimidan unumli foydalanilmoqda.
Universitet rektorati, fakultetlari, kafedralari, axborot resurs markazi va bo'limlaridagi kompyuterlar hamda universitet kompyuter markazida joylashgan 11 ta kompyuter sinflaridagi, malaka oshirish markazi qoshidagi kompyuter sinfidagi, ATM qoshidagi kompyuter sinfidagi barcha kompyuterlar universitetning ichki lokal tarmog'i orqali birlashtirilgan. Lokal tarmoqqa ulangan kompyuterlarning barchasi to'g'ridan-to'g'ri ajratilgan tarmoq orqali internetga chiqish imkoniyatiga ega bo'lish bilan birga, o'zaro hujjat almashish imkoniyatiga ham egadirlar. Shuningdek talabalar shaxarchasiga joylashgan 9 ta kompyuterli sinf talabalar ixtiyoridadir. Universitet bugungi kunda 256 kbtG's(traffik xajmi chegaralanmagan) tezlik bilan ishlovchi Internet tarmog'iga ulangan bo'lib, universitetning oylik o'rtacha internet sarfi 9-12 gb ga teng. Sarflangan Internet traffigi xajmining internetga tashrif buyuruvchilar tomonidan qay darajada maqsadli foydalanilganligini nazorat qilish uchun markaz tomonidan professor-o'qituvchilar va talabalarning xar biriga maxsus parol va login berilgan. OO'MTV va OO'Yulari bilan bog'lanish va videokonferensiyalar o'tkazish uchun EastTelecom kompaniyasining maxsus 8 ta telefon va bitta vidiotelefon xizmatidan foydalaniladi. ![]()
|



