|
Автор: Hayrulla Melibayev
|
|
24.05.2010 05:51 |
|
NamDU axborot texnologiyalari markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Ichki lokal tarmoqning uzluksiz ishlashini ta'minlaydi.
- Universitet miqyosida korporativ aloqa, internet va UNICOS tizim dasturini talab darajasida ishlashiga mas'uldir.
- Universitet veb-saytini taqdim etilgan materiallar asosida doimiy ravishda yangi axborotlar bilan to'ldirib boradi va saytga qo'yiladigan axborotlarni dasturlaydi.
- Qabul jarayonida abituriyentlar haqidagi ma'lumotlarni “Abitur” dasturiga kiritadi, qayta ishlaydi va DTMga jo'natadi.
- Universitet Axborot texnologiyalari parkiga texnik va dasturiy xizmat ko'rsatadi.
- Vazirlik bilan korporativ aloqani uzluksiz ishlashini ta'minlaydi.
- Markaz Respublikadagi va xorijiy mamlakatlardagi markazlar bilan tajriba almashib turadi, axborot texnologiyalari va masofadan o'qitish bo'yicha muloqotlar olib boradi, o'quv-uslubiy qo'llanmalar va dasturlar yaratadi.
- Universitetda Interent va “ZiyoNET” ta'lim portalini uzluksiz ishlashini ta'minlaydi.
- Markazdagi “Rizograf” nusxa ko'chirish apparati yordamida ma'ruza matnlarini va boshqa o'quv-uslubiy ishlarni hamda universitetning ish yuritish qog'ozlarini chop etadi.
|