O'zA yangiliklari
O‘zA - Texnologiyalar


  • Kompyuterlashtirish yanada rivojlanadi

    Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarida mamlakatimizda jahon axborot hududiga integratsiyalashuv ishlarini izchil va jadal amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamiyatimizning barcha sohalariga keng joriy etish nazarda tutilgan.



  • Sifatli xizmat – muvaffaqiyatlar omili

    Mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasini izchil rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor aholining keng va tizimli asosda axborot olishini ta’minlashda, chekka hududlarda ham aloqa xizmati sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.



  • Loyiha samarali amalga oshirilmoqda

    Orolbo‘yida zamonaviy axborot texnologiyalari asosida Uzonline – “Yagona oyna” aloqa xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.



  • Yuqori sifatli telekanal

    Poytaxtimizda MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib HD formatidagi yerusti uzatish telekanali foydalanishga topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligi arafasida – 2011 yil 29 noyabr kuni Toshkentda mazkur telekanalning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.



  • “Yagona oyna” tobora kengaymoqda

    Jamiyatimiz hayotini zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot oqimi shiddat bilan ko‘payib borayotgan bugungi kunda odamlarga hayotning turli jabhalariga oid ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan xilma-xil moslamalardan foydalanish zarurati oshmoqda.



  • Ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligi samarasi

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Innovatsiya – 2011” XVI xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boshlandi.



  • Xalqaro standartlar darajasida

    Mamlakatimiz aloqa va axborotlashtirish tashkilotlari vakillari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan xalqaro seminarda Sloveniya, Litva va Qozog‘istondan tashrif buyurgan hamkasblari bilan birgalikda O‘zbekistonda standartlashtirish va texnik tartibga solish tizimining holati hamda bu yo‘nalishdagi xalqaro tajribani muhokama qilishdi.



  • Internet orqali videoanjuman aloqasi

    “East Telecom” mas’uliyati cheklangan jamiyati telekommunikatsiyalar bozorida mijozlar uchun internet orqali yangi videoanjuman aloqasi (WEB BKC) xizmat turini taqdim etdi. U biznes va xususiy shaxslar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.



  • Farg‘onada axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi

    Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan an’anaviy “INFOCOM-2011” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialida “ICTExpo-2011” an’anaviy milliy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi ish boshladi.



  • Zamonaviy axborot texnologiyalari ko‘rgazmasi

    Poytaxtimizdagi “Ko‘rgazma savdo markazi” majmuida Axborot texnologiyalari haftaligi doirasida an’anaviy “ICTExpo-2011” axborot texnologiyalari xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi