Maqolalar
Tadbirkorlik va axborot texnologiyalari PDF Печать Email
Автор: Hayrulla   
31.01.2011 04:24
Tadbirkorlik va axborot texnologiyalari
Islohot odimlari

Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilyapti. Amalga oshirilayotgan ishlar samarasi o‘laroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji tobora jadallashib bormoqda. Korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari o‘sib, so‘nggi avlod texnika va texnologiyalari joriy etilyapti. Elektron hujjat aylanishi tizimi, elektron raqamli imzo, “ZiyoNET” tarmog‘ini kengaytirish, dasturiy mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan muayyan ishlar qilindi. Hozirgi paytda mamlakatimizda dasturiy mahsulot chiqaradigan 230ga yaqin korxona va tashkilot ishlab turibdi, 264 nomda dasturiy mahsulot ro‘yxatga olinib, ishlab chiqarilmoqda. Shu o‘rinda mahalliy softver kompaniyalari uchun soliq to‘lovlarida imtiyozlar joriy qilingani o‘z natijasini ko‘rsatganini ham e'tirof etib o‘tish joiz.
Подробнее...
 
Ma'lumot saqlashda ishonchli maydon PDF Печать Email
Автор: Hayrulla   
31.01.2011 04:09
 
 
Butun dunyoda axborotlar hajmi oshgandan oshmoqda. Ayniqsa, internet tizimi haqiqiy ma'lumotlar makoniga aylanib qoldi. 2009 yilning o‘rtalarida internetda saqlanadigan ma'lumotlar hajmi 500 mlrd. Gbni tashkil etgan bo‘lsa, 2012 yilga borib bu ko‘rsatkich besh barobarga ortadi. Internetdan foydalanuvchilar soni oshgani sari savdo-sotiq ham global tarmoqqa ko‘chib o‘tmoqda. Mutaxassislarning taxminicha, 2012 yilda 850 mlndan ortiq kishi internet orqali savdo-sotiqni amalga oshiradi. Albatta, bunday sharoitda axborot xavfsizligi, uni saqlash va qayta ishlash, tarqatish masalalari yanada dolzarblik kasb etadi. Bu jarayonda Ma'lumotlar markazlarining (Data center) o‘rni katta. 
Подробнее...
 
Axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalari chizmachilik ta’limida PDF Печать Email
Автор: Hayrulla Melibayev   
23.05.2010 12:51
1Hozirgi davrda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimining barcha sohalar qatori, ta'lim jarayoniga tatbiq etilishi hayotiy zaruratdir. Mamlakatimiz Prеzidеntining "Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida"gi Farmoni va rеspublika Vazirlar Mahkamasining kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlariga oid bir qator qarorlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Davr talabiga muvofiq, hozirgi kunda zamonaviy darsni tashkil etish masalasiga ham juda katta talablar qo‘yilmoqda. Bu talablardan biri dars jarayonida axborot tеxnologiya va elеktron qo‘llanmalardan o‘z o‘rnida samarali va oqilona foydalanishdir. Ammo umumiy o‘rta ta'lim maktablari uchun chizmachilik fanida axborot tеxnologiya va elеktron qo‘llanmalardan foydalanishning amaliy va nazariy asoslari haligacha to‘liq o‘rganilmagan.
Подробнее...
 
Kibеr jinoyatchilik nima? PDF Печать Email
Автор: Hayrulla Melibayev   
23.05.2010 12:40

Davrimizning fan va tеxnika sohasidagi yutuqlari kundalik ijtimoiy hayotimizga yanada qulay imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Biroq ana shu afzalliklar bilan bir qatorda, ayrim salbiy holatlar ham yuzaga kеlmoqda. Ma’lumki, o‘g‘rilik axloqiy qoidalarga zid bo‘lgan salbiy xususiyatdir. 

Ba’zan qandaydir bankning o‘marilgani, do‘konni tunaganlari kabi qabix hodisalar haqida eshitib qolamiz. Haqiqatdan ham o‘g‘rilik jamiyatga katta ziyon kеltiradigan yomon illatdir. Hayotda shunday o‘g‘rilik holatlari ham borki, u odatiy o‘g‘rilikdan butunlay farq qiladi. Uni juda aqlli, chaqqon kimsalar amalga oshiradi, shu bilan birga, ular juda ham ayyor bo‘ladilar. Bunday o‘g‘rilarning o‘zlarini ham, bosgan izlarini ham aniqlash oddiy o‘g‘rilarni aniqlashdan ko‘ra 10-20 barobar qiyindir. Faqatgina kеltirgan zararlarini aniqlash osonroq. Eng qizig‘i shundaki, ular hеch qachon jamoa bo‘lib harakatlanmaydilar. Balki yakka-yakka ishga kirishib, o‘g‘irlik maydoniga kirgandagina o‘z-o‘zidan ko‘payib, o‘zgalarning «Uy»larida bеtakalluflik bilan kirib olib, kеzib yuradilar va hеch qachon zarar keltirmay, kеtmaydilar.

Подробнее...