“O‘zbektelekom” AKning Data Markazidan yangi loyihalar
Internet allaqachon nihoyatda zaruriy xizmat turiga aylanib bo‘lgan. Ishi, o‘qishi internetga bog‘liq bo‘lgan, umuman, global tarmoq a'zosiga aylangan har bir kishi usiz bir kunni o‘tkazishga ham qiynaladi.
2011-yil yakunlari bo‘yicha «O‘zbеktеlеkom» AK Kuzatuv kеngashi majlisi
2012-yil 7-fеvral kuni “O‘zbеktеlеkom” AK aksiadorlik kompaniyasi Kuzatuv kеngashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda 2011-yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari va kompaniya biznеs-rеjasining bajarilishi hamda Kuzatuv kеngashining vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
«Navoiy» EIIZ hududida «OliveTelecom» QK yaratish to‘g‘risida ta’sis hujjatlari imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-may 156-sonli Qarorini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, «TelecomInnovations» MCHJ QK bazasida smartfonlar, planshеt kompyutеrlari va intеrnеt qo‘shimchalari ishlab chiqarish/yig‘ishni tashkil etish invеstitsion loyihasini amalga oshirish maqsadida «O‘zbеktеlеkom» AK «Olive Telecommunication Pvt. Ltd.» hind kompaniyasi bilan hamkorlikda «Navoiy» EIIZ hududida qo‘shma korxona yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
“Mening musiqam”: fevralning otashin o‘ntaligi
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) “Mening musiqam” xizmati ringtonlarining TOR-10 taligini taqdim qiladi (Ring Back Tone (RBT) – kutish gudoklari o‘rniga musiqa).
Samsung Galaxy S II yana “Bilayn” savdo ofislarida!
Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) Samsung Galaxy S II telefonlari savdosi qayta boshlanganligi haqida xabar beradi. Endilikda u kompaniya ofislarida 1 799 000 so‘mdan sotilmoqda.