O’quv jarayonini avtomatlashtirish va dasturiy ta’minot PDF Печать Email
Автор: Hayrulla Melibayev   
24.05.2010 05:48

          Ish jarayonini avtomatlashtirish uchun vazirlik va boshqa OO'Yulari bilan xujjat almashish jarayonini boshqarish uchun qo'yilgan “Performance” dasturi va hisobxona ishlarini kompyuterlashtirish maqsadida qo'yilgan oylik ish haqi hisoblash uchun “1C-Buxgalteriya” dasturi, “Talaba stipendiya”, “Talaba kontrakt” dasturlarini to'la qonli ishlashini nazorat qilish va ta'minlash ham markaz xodimlarining vazifasidir. Ularning samarali ishlari orqali yuqorida aytilgan va quyida keltiriladigan dasturlardan universitet professor-o’qituvchilari va talabalar unumli foydalanmoqdalar.

        Universitetning kompyuter markazidagi 11 ta kompyuter sinflari, talabalarni o'quv jarayoni uchun zarur bo'lgan zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanishishlari va ulardan talab darajasida o'quv jarayonida foydalanishlari uchun yetarli darajada jihozlangan, xususan elektron doska xamda talabalar bilimini aniqlashga xizmat qiladigan “O'qituvchi 60” xamda “E-Tester” dasturlari bilan ta'minlangan.
         Universitetning Axborot resurs markazida ( ARM) 16 ta kompyuter, nusxa ko'chirish apparatlari, printerlar, skanerlar, audio xamda video apparaturalar professor -o'qituvchilar va talabalar xizmatidadir. ARM da “Irbis” (kutubxona faoliyatining avtomatlashtirilgan tizim) dasturidan to'la qonli foydalanilmoqda.
Universitet Oliy ta'lim vazirligining korporativ tarmog'iga ulangan bo'lib, bu aloqa tizimi uzluksiz faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Markazdagi Unicos server kompyuteriga o'quv jarayonini boshqarish va nazorat qilishni avtomatlashtirilgan tizimi (UNICOS) dasturi o'rnatilgan bo'lib, uning yordamida fakultetlar va bo'limlardan kelayotgan axborotlarni belgilangan muddatlarda vazirlik serveri bazasiga jo'natiladi. Bundan tashqari “ZiyoNET” ta'lim portaliga “UzInfoCom” Internet provayderi orqali ulanilgan va undan professor o'qituvchilar xamda talabalar unumli foydalanib kelmoqda.
         Markaz ichki lokal tarmoqni axborot xafsizligini va ma'lumotlarni to'liqligini ta'minlash maqsadida elektron axborot resurslari tashqi eslab qolish qurilmalarida yozib olish bilan bir qatorda “Axborot resurslari markazi” serveri kompyuterida qo'shimcha nusxa sifatida ham saqlaydi. Ma'lumotlarni tashqi ta'sirlardan va viruslardan ximoya qilish uchun NOD32 va Kasperskiy Antivirus dasturlaridan foydalaniladi. Antivirus dasturlarini yangilangan bazalari har xaftada reja asosida almashtirib boriladi.