O'zAAA yangiliklari
O`zAAA yangiliklari
O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

  • O’zAAA yangi binoga ko’chib o’tdi
    O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi quyidagi manzilda joylashgan yangi binoga ko`chib o`tdi: O`zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Matbuotchilar ko`chasi 3-blok.

  • Yil yakunlari muhokama etildi
    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Ta`lim, sog`liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2011 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2012 yilgi vazifalarga bag`ishlangan yig`ilishi bo`lib o`tdi.

  • TATUning Samarqand filiali yangi binoda
    27 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino universitet filiallarini moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish yo`lida amalga oshirilayotgan ishlarning navbatdagisidir.

  • Sh.M. Atamuxamedov O’zAAA bosh direktori o’rinbosari etib tayinlandi
    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 10 noyabrdagi 297-son qaroriga muvofiq, Atamuxamedov Shuxrat Maxamatnazimovich O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o`rinbosari etib tayinlandi. Xozirgi kunga qadar Sh. Atamuxamedov Davlat aloqa inspektsiyasi boshlig`i lavozimida ishlagan.

  • Vetnam aloqa va axborotlashtirish vaziri bilan uchrashuv
    Shu yilning 3 oktyabr sanasida O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida Vetnam aloqa va axborotlashtirish vaziri Nguyen Bak Son boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

  • O'zAAAda uchrashuv
    Shu yilning 3 oktabr kuni O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga Hindistonning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Anumul Gitesh Sharma tashrif buyurdi.

  • Axborot-kutubxona faoliyati OAV e’tiborida
    16 sentabr kuni O`zbekiston Milliy matbuot markazida axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari faoliyatini yanada takomillashtirishga oid ustuvor vazifalar ijrosiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

  • O'zbekistondagi eng yaxshi internet-kafe tanlovining g'oliblari aniqlandi
    Mustaqilligimizning 20 yilligi hamda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili munosabati bilan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan internet xizmatlarini ko`rsatuvchi jamoat punktlari o`rtasida o`tkazilgan "O`zbekistondagi eng yaxshi internet-kafe" nomi uchun yosh tadbirkorlarning "Axborot asri yoshlari" tanlovi g`oliblari aniqlandi.

  • Mustaqilligimizning 20 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari mukofotlanishdi
    O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan aloqa va axborotlashtirish sohasining bir guruh xodimlari davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta`lim, madaniy, ma`naviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, sarhadlarimiz xavfsizligi va daxlsizligini ta`minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanimizning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga salmoqli hissa qo`shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida Prezidentimizning Farmoniga ko`ra ta`sis etilgan "O`zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoniga sazovor bo`lishdi.

  • «O‘zbektelekom» AK «yagona oyna» tamoyili bo‘yicha yana yangi 12ta savdo punktlari ochildi
    26-avgust kuni Toshkent shahri Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxandaryo, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida `O`zbektelekom` AK`ning `yagona oyna` tamoyili bo`yicha yangi 12ta savdo punktlari tantanali ravishda ochilish marosimi bo`lib o`tdi.