Markaz xaqida PDF Печать Email
Автор: Hayrulla Melibayev   
24.05.2010 05:23

 

         Respublikamiz mustaqilligini mustahkamlash, uning ravnaqini jahonning yirik rivojlangan mamlakatlari darajasiga ko'tarish, O'zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko'rsatib o'tilganidek, har tomonlama yetuk jahon andozalariga javob beradigan mutaxassiclarni tayyorlash masalasiga bog'liqdir. Bu masalani ijobiy xal qilinishida qanday mutaxassis tayyorlanishidan qat'iy nazar, uning hozirgi zamon axborot texnologiyalaridan, xususan kompyuter texnikasidan qay darajada xabardor bo'lishi kattta rol o'ynaydi.
         XIX asr bug' va elektrlashtirish, asri XX asr atom asri, XXI asr esa axborot kommunikasiyalarining mislsiz ravnaqi asridir degan fikrlar yuqoridagi jumlaning yaqqol isbotidir.
         Yangi asrda axborot texnologiyalari va Internetdan foydalanish darajasi har qanday davlatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida hal qiluvchi omilga aylanib bormoqda.
         Bugungi kunda Internet jahon kompyuter tarmog'ining amaldagi eng ilg'or vositasi axborot texnologiyalarining kuchi va samaradorligi mezoni bo'lib qoldi.
         Shuning uchun ham, har bir Oliy o'quv yurti o'zida tahsil olayotgan talabalarga hozirgi zamon kompyuter texnologiyasidan unumli foydalanishni va ularni hayotga izchil joriy etishni chuqur o'rgatish bilan birga, har bir viloyatdagi fuqarolarning ham kompyuter savodxonligini oshirish, ularga keng ko'lamda kompyuter xizmatini ko'rsatish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
         Ana shu yuqorida qayd etilgan masalalarni ijobiy, talab darajasida hal etish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi 2002 yil 30 maydagi PF-3080-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 200-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.09.2005 y PP-191-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2005-yil 25-dekabrdagi 282-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 yil 8 iyuldagi “Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-117-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi Internet tarmog'ida O'bekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 259-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kompyuter va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari chiqdi va ularni ijrosini yuqori saviyada hamda belgilangan muddatlarda bajarilishini ta'minlash maqsadida OO'MTVning ham bir qator buyruqlari va xay'at qarorlari chiqdi. Ushbu buyruqlarni amalda ijrosini amalda, talab darajasida va belgilangan muddatlarda bajarish yuzasidan universitetning ham bir qator buyruqlari va ilmiy kengash qarorlari ishlab chiqilgan bo'lib, ularni hayotga joriy etish Axborot texnologiyalar markazining asosiy vazifasidir.
         Namangan davlat universiteti “Axborot texnologiyalar markazi” 1999 yil sentabr oyida tashkil etilgan. Ayni paytda markaz tarkibida “Axborot va texnik ta'minot” hamda “O'quv ta'lim resurslarini joriy qilish va dasturlar bilan ta'minlash” bo'limlari faoliyat ko'rsatadi.