|
Автор: Hayrulla Melibayev
|
|
24.05.2010 05:49 |
|
Markaz xodimlari tomonidan O'zbekiston respublikasi prezidentining 28.09.2005 yildagi O'zbekiston respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'g'risidagi PQ-192 sonli qarorining ijrosini ta'minlash xamda oliy va o'rta maxsus kasb hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari va talabalarining axborotga bo'lgan talab ehtiyojlarini xar tomonlama qondirish uchun zarur shart sharoitlarni yaratish, shuningdek Internet tarmog'ining milliy segmentida ta'lim va bilim beradigan axborot resurslarini rivojlantirish maqsadida OO'MTVning 14 oktabr 2005 yildagi 22 sonli buyrug'i ZiyoNET axborot tarmog'ini yanada rivojlantirish va axborot ta'lim resurslari bilan boyitish to'g'risidagi 23.01.2006 yildagi 12 sonli buyrug'i 2006 yil 29 dekabrdagi 296 buyrug'i 2008 yil 19 fevraldagi 39 sonli buyruqlarini ijrosini ta'minlash maqsadida universitet professor-o'qituvchilari taqdim etgan ma'lumotlarga asosan ularning darsliklari, o'quv qo'llanmalari, tematik saytlari ( Milliy g'oya:Huquq va ma'naviyat asoslari, Amaliy san'at, Tarix, Ijtimoiy madaniy faoliyat, Ona zamin tarixi), o'quv uslubiy majmualari (Tasviriy san'at va muxandislik grafikasi, Pedagogika va psixologiya, Mehnat ta'limi, Amaliy san'at, Tarix, Yurisprudensiya, Ijtimoiy madaniy faoliyat), o'quv-uslubiy qo'llanmalari, ma'ruza matnlari belgilangan mudddatlarda elektronlashtirilib, “ZiyoNET” axborot ta'lim portaliga va vazirlikni tegishli bo'limiga taqdim etib kelinmoqda xamda universitetning elektron kutubxonasiga joylashtirib borilmoqda. Shuningdek elektron kutubxonaga talabalar uchun mo'ljallangan darsliklar, predmetlarga oid mavjud davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalar, avtoreferatlar hamda ilmiy maqolalar joylashtirib qo'yilgan. Ushbu elektron kutubxonadan universitetning ichki lokal tarmog'idagi kompyuterlardan foydalanuvchilar onlayn holda foydalanishlari uchun sharoit yaratilgan. |